Rossiyaning OFKga o‘tishiga 26 ta davlat qarshilik ko‘rsatdi

Rossiyaning OFKga o‘tishiga 26 ta davlat qarshilik ko‘rsatdi

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov tashkilotning UYEFAdan Osiyo futbol konfederasiyasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, RFI ijroiya qo‘mitasi OFKga o‘tishga qarshi ovoz bergan, biroq bu masala kelajakda yana ko‘rib chiqilishi mumkin.

"Osiyoda shunday davlatlar borki, ular bilan kelishish qiyin yoki hatto imkonsizdir. Bizni Osiyoda ko‘rishni kim xohlamaydi? Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan 26 davlat", — dedi Dyukov jurnalistlarga.

Avvalroq Dyukov RFIning UYEFAdan Osiyoga o‘tishi rasmiy xalqaro o‘yinlarni o‘tkazish imkoniyatini kafolatlamasligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!