Rossiyada YTH. 3 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohat oldi

Rossiyada YTH. 3 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohat oldi

Rossiyaning Yugra viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 13 kishi tan jarohati oldi, 3 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Yugra sog‘liqni saqlash departamenti direktori Aleksey Dobrovolskiy o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Unga ko‘ra, avtobus va «Niva» rusumli avtomashinaning to‘qnashuvi natijasida 13 kishi jabrlangan, 3 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar yengil avtomobildagi odamlardir.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!