Rossiyada o‘zbekistonlik erkak ikki kishini pichoqladi

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak ikki kishini pichoqladi

Rossiyaning Leningrad viloyati Gatchinsk tumanida rashk sabab o‘ldirgani taxmin qilinayotgan ikki kishining jasadi topildi. Bu haqda Fontanka xabar berdi.

Viloyat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 5 may kuni ko‘p qavatli uylarning birida ko‘plab pichoq jarohatlari bilan 54 yoshli erkak va 46 yoshli ayolning jasadi topilgan.

Xabarga ko‘ra jinoyatda 2000 yillarning boshidan buyon o‘g‘irlik, qotillik va jinsiy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 55 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro ayblanmoqda. Oxirgi marta u Murmansk viloyatida jazo muddatini o‘tagan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi ikkinchi qismi (“Ikki shaxsni o‘ldirish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak hibsga olingan. Tez orada unga ayblov e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!