Rossiyada “noqonuniy kontent” uchun Tvitter butunlay bloklanishi mumkin

Rossiyada “noqonuniy kontent” uchun Tvitter butunlay bloklanishi mumkin

10 mart chorshanba kuni Rossiya o‘z hududida AQShga tegishli bo‘lgan Tvitter ijtimoiy tarmog‘ining tezligini pasaytirayotganini ma’lum qildi. Rossiya Tvitterni noqonuniy materialni o‘chirmaganlikda ayblab ushbu ishni amalga oshirgan bo‘lib, agar Tvitter Rossiyaning ma’lumotlarni o‘chirish bo‘yicha talablarini bajarmasa uni butunlay bloklab qo‘yishini ham aytgan.

Ushbu holat Rossiya va AQSh ijtimoiy tarmoqlari o‘rtasidagi kurashni yanada ham kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bundan bir necha hafta oldin Rossiya hukumati Tvitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda hukumatga qarshi uyushtirilayotgan namoyishlarda yosh bolalarni ham qatnashishga chaqirilayotgani aytib, ulardan bunday mazmundagi postlarni o‘chirishni so‘ragan.

Rossiyada mediani tartibga solib turuvchi Roskomnadzor tashkilotining ma’lum qilishicha, 10 martgacha Tvitter tarmog‘ida noqouniy mazmundagi 3000 dan ortiq tvitlar yozilgan. Ammo, Tvitter ushbu xabarlarni o‘chirish borasidagi talablarni bir necha yillar davomida e’tiborsiz qoldirmoqda.

«Sekinlashuv 100 foiz mobil qurilmalarga va 50 foiz mobil bo‘lmagan qurilmalarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar Tvitter qonun talablarini e’tiborsiz qoldirishda davom etsa, majburiy cheklov choralari ham davom ettiriladi va bu butunlay bloklanishgacha borishi mumkin» deyiladi Roskomnadzor bayonotida.

Rossiya 2018 yilda Telegram messenjer xizmatini taqiqlashga uringandi. Ammo, rus hukumati texnik jihatdan dasturni butunlay bloklay olmadi va o‘tgan yili ushbu taqiqni batamom bekor qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!