Rossiyada ikkita qamoqxona yopilmoqda: mahbuslar urushga ketgan

Rossiyada ikkita qamoqxona yopilmoqda: mahbuslar urushga ketgan

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida ikkita axloq tuzatish va mehnat koloniyalari mahkumlar soni qisqarib ketgani tufayli yaqin orada yopiladi, deb xabar bermoqda The Insider. Ular Ukrainaga qarshi jang qilish uchun ketgan.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil Mark Denisov aytishicha, mahbuslar kamayib ketgani tufayli, koloniyalarni yopishga to‘g‘ri kelmoqda. Koloniyalardan birida ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazoni o‘tab bo‘lgan erkaklar saqlansa, ikkinchisi qat’iy rejimdagi qamoqqa hukm qilingan erkaklardan iborat.

Denisov ishonch bildirishicha, koloniyalarning yopilishi vaqtinchalik holat bo‘lib, keyinroq ularni yana ochishga to‘g‘ri keladi.

“Urush ertami, kechmi tugaydi. Hamma narsa o‘z o‘rniga qaytadi, axir jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi o‘zgargani yo‘q. Besh yildan keyin yangi jazoni o‘tash muassasalarini uch marta qimmatroqqa ochishga to‘g‘ri keladi”, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!