Rossiya va Eron milliy valyutalar bo‘yicha kelishuv imzoladi

Rossiya va Eron milliy valyutalar bo‘yicha kelishuv imzoladi

Rossiya va Eron o‘zaro savdoni osonlashtirish maqsadida milliy valyutalarning likvidligi to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda Eron Markaziy banki rahbari Muhammad Rizo Farzin ma’lum qildi.

“Rossiya Markaziy banki rahbari bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda, o‘zaro savdo almashinuvini yengillashtirish maqsadida, milliy valyutalarning likvidligi to‘g‘risida kelishuv imzolandi”, - dedi Farzin 4 iyul kuni Sankt-Peterburgdan qaytganidan so‘ng.

Sankt-Peturburgda Farzin Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina bilan uchrashgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!