Rossiya va AQSh mudofaa vazirlari o‘rtasidagi sirli muzokaralar

Rossiya va AQSh mudofaa vazirlari o‘rtasidagi sirli muzokaralar

12 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi va Pentagon rahbarlari o‘rtasidagi telefon suhbati Ukraina go‘yoki tayyorlanayotgan «maxfiy operasiya» haqidagi ma’lumot tufayli bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Belousov Ostinga Rossiyada operasiyaga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot borligini va ehtimol bu Pentagonning xabardorligi bilan amalga oshirilishini aytgan. Rossiyalik vazir Vashington haqiqatan ham bu Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib kelishi mumkinligini biladimi va tushunadimi, deb so‘radi.

The New York Times manbalari xabar berishicha, Pentagon bu bayonotdan hayratda qolgan, chunki ular bunday rejalar haqida hech narsa bilishmagan. Vashington bu chaqiruvni jiddiy qabul qildi va go‘yoki Kiyevga xabar yetkazdi. Uning ma’nosi: «Agar siz haqiqatan ham shunga o‘xshash narsani qilmoqchi bo‘lsangiz, unday qilmang».

«Maxfiy operasiya»ning mohiyati nimadan iborat edi, nashr aniqlik kiritmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!