Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlaydigan test tizimlarini beradi

Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlaydigan test tizimlarini beradi

Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlaydigan test tizimlarini beradi, dastlabki to‘plam shu haftada yetkaziladi. Bu haqda «Rospotrebnadzor» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 26 avgust kuni Rossiya bosh davlat sanitariya vrachi Anna Popova raisligida YEOII davlatlari aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari ishtirok etgan. Shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari ishtirok etish uchun taklif etilgan.

Yig‘ilishda maymunchechak kasalligi bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qilinishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama etilgan. Kengash a’zolarining fikricha, YEOII davlatlari, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonda maymunchechakning tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.

Qayd qilinishicha, hamkorlar Rossiyadan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etishni so‘ragan. Test tizimlarining dastlabki to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkazilishi ta’kidlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!