Rossiya TIV: " Shveysariya "neytral davlat maqomini yo‘qotdi"

Rossiya TIV: " Shveysariya "neytral davlat maqomini yo‘qotdi"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Shveysariyaning "neytral davlat maqomini yo‘qotganini" ta’kidlab, rad etdi.

"Shveysariya Rossiyada Ukraina manfaatlarini himoya qila olmaydi, chunki u Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarga qo‘shildi va shu tariqa o‘zining neytral maqomini yo‘qotdi", — dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Ivan Nechayev.

Avvalroq, Shveysariya Rossiyada Ukraina manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi

"Rossiyadagi himoyachi davlat mandatini Shveysariya o‘z zimmasiga olishini Ukraina xohladi. Tegishli muzokaralar yakunlandi", — dedi Shveysariya TIV matbuot kotibi Pyer Alen Elchinger.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!