Rossiya TIV: G‘arb Rossiyaga qarshi 20 mingga yaqin sanksiya kiritdi

Rossiya TIV: G‘arb Rossiyaga qarshi 20 mingga yaqin sanksiya kiritdi

G‘arb davlatlari birgalikda Rossiya iqtisodiga qarshi 20 mingga yaqin sanksiya kiritgan.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin Federasiya kengashida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi «TASS».

«Rossiyaga qarshi 20 mingga yaqin turli cheklovchi sanksiyalar joriy qilingan. Aslida ularni sanksiya deb atash ham mumkin emas, chunki sanksiyalar BMT Xavfsizlik Kengashining qonuniy chorasi va bu bir tomonlama cheklovchi choralardir», — dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va YEI tomonidan sanksiyalarning davom etishi Rossiyaning zaiflashishi va qulashini ta’minlashga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!