Rossiya TIV Armaniston-AQSH-Evropa Ittifoqi uchrashuvidan xavotirda

Rossiya TIV Armaniston-AQSH-Evropa Ittifoqi uchrashuvidan xavotirda

5 aprel kuni Armaniston-AQSH-Evropa IttiUning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar Moskvada xavotir uyg‘otmoqda, chunki ular o‘zgacha tarzda Rossiyaga qarshidir:foqi (YI) formatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv Janubiy Kavkazda xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning mavjud mexanizmlarini zaiflashtirishga qaratilgan.

Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram-kanalida yozgan.

“Bunday uchrashuvlar mintaqaning aksariyat davlatlarida xavotir uyg‘otmoqda. Chunki ular Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlikka erishish emas, balki G‘arbning o‘zining o‘ta buzg‘unchi yondashuvlari bilan Janubiy Kavkazga kirib kelishini maqsad qilgan. Qolaversa, bunday uchrashuvlar mintaqada yangi bo‘linish chegaralarini yaratish, mintaqa davlatlarini Rossiyaga qarshi kun tartibiga rioya qilishga majburlash, ularning Moskva bilan ko‘p asrlik munosabatlarini buzish, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning mavjud mexanizmlarini zaiflashtirishga qaratilgan. .

M.Zaxarova butun dunyo nazarida Armaniston asta-sekin kollektiv G‘arbning arman xalqining tub manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan o‘ta xavfli rejalarini amalga oshirish vositasiga aylanib borayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!