Rossiya qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Rossiya qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti Volgograd viloyatida halokatga uchradi. Mahalliy telegram kanallarida qiruvchi samolyot qulagan joydan yong‘in tasviri paydo bo‘ldi.

Halokat rejalashtirilgan o‘quv parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

«Volgograd viloyatida Rossiya Aerokosmik kuchlariga qarashli Su-34 samolyoti rejali o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Ekipaj chiqarib yuborildi, uchuvchilar hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Samolyot kimsasiz hududga qulagan. Parvoz o‘q-dorilarsiz amalga oshirildi», — deya ta’kidlagan vazirlik yerda vayronagarchiliklar yo‘qligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!