Rossiya prezidenti maslahatchisi Valeriy Fadeev O‘zbekistonga keladi

Rossiya prezidenti maslahatchisi Valeriy Fadeev O‘zbekistonga keladi

3-6 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasi prezidenti maslahatchisi, Inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) raisi Valeriy Fadeev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Valeriy Fadeev Samarqand davlat universiteti va Rossiya davlat gumanitar universitetida o‘tkaziladigan «Inson va zamonaviy dunyo qadriyatlari» xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Anjumanga yetakchi ziyolilar, siyosat va jamoat arboblari taklif etilgan.

Ish jadvalida rossiyalik vatandoshlarning mahalliy tashkilotlari vakillari ishtirokida gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv ham o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!