Ronaldinio: «Braziliyaning Amerika kubogidagi o‘yinlarini ko‘rmayman»

Ronaldinio: «Braziliyaning Amerika kubogidagi o‘yinlarini ko‘rmayman»

Ronaldinio Amerika Kubogida Braziliyaning o‘yinlarini tomosha qilmasligini aytdi.

«Men birorta o‘yinni tomosha qilmoqchi emasman. Braziliya milliy jamoasiga energiya, quvonch yetishmaydi va yomon o‘ynashadi. Shu bois ularning o‘yinlarini ko‘rishdan bosh tortaman.

Ishlar yaxshi ketayotgani yo‘q. Tetiklik, fidoyilik yetishmayapti – hamma narsa yetishmayapti», — dedi Braziliya milliy jamoasi va «Barselona» klubining sobiq yarimhimoyachisi Cartoloucos kanaliga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!