Rojdestvo bayrami nishonlanayotgan kafe portlatib yuborildi. O‘lganlar ko‘p

Rojdestvo bayrami nishonlanayotgan kafe portlatib yuborildi. O‘lganlar ko‘p

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Beni shahrida 25 dekabr, shanba kuni mehmonlar Rojdestvo bayramini nishonlayotgan kafening kirish qismida bir kishi portlatib yuborildi. Reuters xabariga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi, jumladan, aybdor ham halok bo‘lgan.

Shahar rasmiylariga ko‘ra, hodisa taxminan soat 19:00 da sodir bo‘lgan. Soqchilar uni gavjum muassasaga kiritmaganidan keyin erkak bombani portlatgan.

Ikki bola halok bo‘ldi. Yana 14 kishi jarohatlangan. Ular orasida ikki nafar mahalliy amaldor ham bor.

Qayd etilishicha, portlashdan keyin mahalliy aholi o‘q ovozini eshitgan. Polisiyaning aytishicha, ularning zobitlari tergovchilarning voqea joyiga yetib borishiga to‘sqinlik qilayotgan g‘azablangan olomonni tarqatish uchun o‘t ochgan. Aytishlaricha, hech kim jabrlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!