Robert Kennedi yangi jamoa tarkibiga kirdi

Robert Kennedi yangi jamoa tarkibiga kirdi

Donald Tramp saylov poygasidan voz kechgan kichik Robert Kennedini o‘zining o‘tish davri jamoasi tarkibiga kiritdi — Respublikachilar partiyasining katta maslahatchisi Brayan Xyuz.

Ushbu jamoaga, shuningdek, Kennedi kabi ilgari demokratlar safida bo‘lgan Tulsi Gabbard ham kiritilgan.

Ular Trampning o‘g‘illari Erik va Donald, shuningdek, vise-prezident J.D.Vensga ham joy olgan o‘tish davri jamoasining faxriy hamraislari bo‘ladi, deya qayd etadi The New York Times.

Saylovda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishni rejalashtirgan Kennedi o‘tgan hafta prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilgan edi. Politico avvalroq Tramp u bilan uchrashgani va undan o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragani haqida yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!