"Real" 70 million yevroga Braimni qo‘yib yuboradi

"Real" 70 million yevroga Braimni qo‘yib yuboradi

Madridning "Real" klubi "Arsenal"ga Braim Diasning narxi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Football365 xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" 24 yoshli futbolchisi uchun 70 million yevrolik taklif olsa, transfer bo‘yicha muzokaralarni olib borishga tayyor. "Kanonirlar" uchun bu summa katta hisoblanadi.

Braim bu mavsumda madridliklar tarkibida 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi. Shuningdek uning hisobida 4 ta assist ham bor. Transfermarkt uni 35 million yevroga baholagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!