Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish takomillashtiriladi

Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish takomillashtiriladi

Hukumat qarori (732-son, 03.12.2021 y.) bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

📌 Ma’muriy reglamentga ko‘ra, rasmiy hujjatga apostil qo‘yish, murojaat etuvchining o‘z xohishiga ko‘ra, an’anaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.

✅ Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga o‘zi kelib yoki YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat etadi.

💰 So‘rovnoma to‘ldirilib, uni ko‘rib chiqish uchun tegishlicha yig‘im undiriladi:

➖ ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
➖ adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
➖ boshqa hujjatlar bo‘yicha – BHMning 10 foizi miqdorida.

❕ YAIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

➡️ So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

🚫 Quyidagilarga apostil qo‘yilmaydi:

🔸 chet elda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 tijorat yoki bojxona operasiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
🔸 O‘zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikasiya ID-kartasiga, harbiy biletga.

☑️ Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish bilan bog‘liq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:

➖ rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
➖ rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

❗️Mazkur tartib 2022 yil 1 martdan amalga kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!