Ra’no Shodiyeva – Hindistondagi festival g‘olibi

Ra’no Shodiyeva – Hindistondagi festival g‘olibi

Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti badiiy va televezion filmlari festivalida yurtdoshimiz Ra’no Shodiyeva “Eng yaxshi ayol qahramon” sovriniga sazovor bo‘ldi.

Kinematografiya agentligi ko‘magida «Central Asian Trade Company» va «Dilshohmedia» kinostudiyalari tomonidan suratga olingan, real voqealarga asoslangan “Ayol taqdiri” badiiy filmi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan “Mehr” operasiyasi doirasida Suriyadan qaytarilgan 100 nafar ayoldan biri – Sojidaning taqdiridan hikoya qiladi.

– Biz ko‘p ishladik va mehnat bizga uzoq kutilgan, yoqimli e’tirofni olib keldi, – deydi Sojida rolini mahorat bilan ijro etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva. – Tanlovga taqdim etilgan barcha filmlar yuksak saviyada ishlangan, bu kartinalarda obraz yaratgan aktyorlar ham barchasi iste’dodli. Shuncha ishtirokchi orasidan aynan meni tanlab olishganidan juda hursandman. Mazkur festivalda biz 8 mukofotdan biriga sazovor bo‘ldik. Bu nafaqat mening, balki, butun jamoaning, xususan, o‘zbek kinosining yutug‘i. E’tirof ijod olamida yashayotgan inson uchun juda zarur, ilhom manbai.

Darvoqe, mazkur film Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘rqut Ota” 2-chi kinofestivalida Gran-priga loyiq ko‘rilgan, bosh rol ijrochisi Ra’no Shodiyeva esa hakamlar hay’atining maxsus mukofotini olgan.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!