Qidiruvdagi ota topilgach 68 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi

A A A
Qidiruvdagi ota topilgach 68 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi

Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 2019-yil 09-iyuldagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi Ye.B.dan sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga bir nafar farzandlari ta’minoti aliment undirish belgilangan.

Qarzdor aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 34 mln. so‘mdan oshib ketgan.

Yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, qarzdor Rossiya Federasiyasiga 2018 yilda chiqib ketganidan buyon qaytib kelmaganligi aniqlanib, unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Joriy yilning 7 avgust kuni Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi qidiruv shu’basi tomonidan Byuroning Chimboy tuman bo‘limi xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qarzdor Chimboy tumani Markaziy tibbiyot birlashmasiga yotqizilganligi aniqlanib, shu joydan topilgan.

Shunda qarzdor bo‘lim davlat ijrochisidan uning farzandi voyaga yetkuniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini hisoblab berishni so‘ragan va hisoblangan aliment pullari 68 mln. so‘mni tashkil etgan.

Qarzdor ushbu 68 mln. so‘m pullarni joriy yilning 28-avgust kuni naqd holda undiruvchiga bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi