Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari ro‘yxati e’lon qilindi
Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi birinchi o‘rinni egalladi. Ispaniyaning yetakchi jamoalaridan birining bozor qiymati 1,4 milliard yevroga yetgan.
Top-20 talik ro‘yxatga quyidagi jamoalar kirdi:
1. «Real» - 1,4 milliard yevro.
2. «Arsenal» - 1,33 milliard yevro.
3. «Manchester Siti» - 1,23 milliard yevro.
4. «Liverpul» - 1,12 milliard yevro.
5. «Barselona» - 1,1 milliard yevro.
6. «Chelsi» - 1,08 milliard yevro.
7. «PSJ» - 1,08 milliard yevro.
8. «Bavariya» - 905 million yevro.
9. «Tottenhem» - 891,1 million yevro.
10. «Manchester Yunayted» - 748,2 million yevro.
11. «Inter» - 707,8 million yevro.
12. «Nyukasl» - 659,05 million yevro.
13. «Atletiko» - 627,8 million yevro.
14. «Nottinghem Forest» - 589 million yevro.
15. «Yuventus» - 582,7 million yevro.
16. «Aston Villa» - 547 million yevro.
17. «Milan» - 497,8 million yevro.
18. «Napoli» - 496,35 million yevro.
19. «Brayton» - 462,1 million yevro.
20. «Atalanta» - 449,1 million yevro.
