Raqobat qo‘mitasi internetdagi firibgarlik aksiyalari haqida ogohlantirdi

A A A
Raqobat qo‘mitasi internetdagi firibgarlik aksiyalari haqida ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim reklama xabarlari orqali firibgarlik holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Coca-Cola Ichimligi Oʻzbekiston Ltd” nomi bilan tarqalgan e’lonlarda arzon narxda muzlatgich va ichimliklar taklif etilmoqda. Sovg‘a olish uchun esa ishtirokchilarga maxsus havolalardan o‘tish yoki so‘rovnoma to‘ldirish tavsiya etilgan.

Qo‘mita rasmiy saytlarni o‘rganib, bu aksiyalar haqiqiy emasligi va brenlar tomonidan bunday tadbirlar o‘tkazilmayotganini aniqladi. Tahlillarga ko‘ra, e’lonlar mazmuni mashhur brendlar nomi ortida amalga oshirilayotgan fishing sxemasiga to‘liq mos keladi.

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni begona havolalarga kirmaslikka, shaxsiy ma’lumotlarni notanish shaxslarga bermaslikka va har qanday aksiya haqidagi ma’lumotni faqat rasmiy manbalardan tekshirib olishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica компанияси Португалия аҳолиси ўртасида Криштиану Роналдуни мамлакат