Qo‘qonlik ayol opasining uyini fohishaxonaga aylantirdi

Qo‘qonlik ayol opasining uyini fohishaxonaga aylantirdi

G.Alimatova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 200 000 so‘m evaziga M.Akbarov va G.Sobirovaga o‘zi ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilib kelayotgan xonadondan qo‘shmachilik maqsadida joy bergan.

Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida mazkur holatga o‘z vaqtida ashyoviy dalillar bilan chek qo‘yildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan shahardagi “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida, sayyor sud majlisida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan G.Alimatovaga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

G.Alimatova sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, opasiga tegishli bo‘lgan xonadonda tanishi Mahmud va Go‘zalni jinsiy aloqa qilishi evaziga 200 000 so‘m pul olganini, ushbu pulning bir qismini Go‘zalga bermoqchi bo‘lganini aytgan. U qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, voyaga yetmagan farzandi borligi, boshqa bunday jinoyatga qo‘l urmasligini bildirib, suddan va sud majlisida ishtirok etayotgan ushbu mahalla fuqarolaridan kechirim so‘radi.

Sud, sudlanuvchi G.Alimatovaga jazo tayinlashda uning ayolligini, voyaga yetmagan farzandi borligini, muqaddam sudlanmaganligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, jarima jazosi tayinlashni lozim topdi.

G.Alimatovadan davlat foydasiga 8 109 200 so‘m jarima undirildi.

 

 

E.Hakimov, 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar

sudining sudyasi

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!