Qozog‘istonlik tennischi Germaniyadagi turnir g‘olibi bo‘ldi

Qozog‘istonlik tennischi Germaniyadagi turnir g‘olibi bo‘ldi

Germaniyaning Nyurnberg shahrida tennis bo‘yicha WTA turkumiga kiruvchi “Nürnberger Versicherungscup” turniri yakunlandi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi 250 ming dollardan iborat ushbu turnirda bosh sovrinni qozog‘istonlik Yuliya Putinseva qo‘lga kiritdi. U finalda sloveniyalik raketka ustasi Tamara Zidanshekni uch setda 4/6, 6/4, 6/2 hisoblariga mag‘lub etdi. Bu 24 yoshli Putinseva uchun WTA turnirlaridagi ilk g‘alabasidir.

Ayni vaqtda dunyo reytingida 39-o‘rinni egallab turgan Yuliya Nyurnbergdagi g‘alabasi evaziga o‘z shaxsiy jamg‘armasini 34 677 yevroga boyitib oldi va 250 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Bu natija orqali Putinseva ertaga e’lon qilinadigan WTAning yangi haftalik reytingida biryo‘la 11 pog‘onaga yuqorilab, 28-o‘rinni egallaydigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!