Qozog‘istonda nosvoy sotish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Qozog‘istonda nosvoy sotish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

Hozirda nosvoy sotish uchun 2,5 million so‘mdan ortiq miqdorda jarima solish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llaniladi. Biroq endilikda nosvoy va snyus ishlab chiqarish va sotish uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda polisiya aholi orasida nosvoy iste’molining oldini olish va savdo nuqtalarini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu moddani osonligi va arzonligi uni hatto o‘smirlar orasida ham juda ommabop qildi. Tamaki va ohak aralashmasini iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimi saratoni, tish va milklarning surunkali kasalliklarini keltirib chiqaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!