Qirg‘izistonga "rezina" tuxumlar O‘zbekistondan yetkazib berilganmi? Masalaga oydinlik kiritildi

Qirg‘izistonga "rezina" tuxumlar O‘zbekistondan yetkazib berilganmi? Masalaga oydinlik kiritildi

Internetda Qirg‘izistonda rezina tuxum paydo bo‘lganligi haqida xabar qizg‘in muhokamaga qilinmoqda.

Qirg‘iziston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, pishirilgan tuxum sarig‘i rezina bo‘lib chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, bu tuxumlar Xitoyda ishlab chiqarilgan.

Sputnik Qirg‘iziston agentligi ushbu masala yuzasidan Qirg‘iziston parrandachilik uyushmasi raisi Rustam Osmonaliyevga murojaat qildi.

Osmonaliyevning so‘zlariga ko‘ra, sifati qoniqarsiz bo‘lgan tuxumlar haqida shikoyatlar kelib tushgan.

Uyushmaga bir necha marta kelib chiqishi noma’lum va sifati qoniqarsiz bo‘lgan tuxumlar O‘zbekiston hududidan kelayotganligi haqida xabar berilgandi , - dedi Osmonaliyev.

Uning fikriga ko‘ra, bunday holatning sababi parrandalarga beriladigan oziqada emas. Tuxumlar muzlatgich kameralarda uzoq muddat saqlanganligi yohud O‘zbekiston yoki Xitoyda sintetik yo‘l bilan ishlab chiqarilgan.

Sputnik O‘zbekiston agentligi ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasiga murojaat qildi. Qo‘mitada bu ayblovlarni rad etishdi.

2018 yil va joriy yilda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga tuxum eksport qilinmagan. Tuxum eksport qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish zarur. Shu davr mobaynida Qirg‘izistonga tuxum eksport qilish uchun ruxsatnoma olish yuzasidan murojaat qilinmagan , - deb ta’kidladi O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasi chegara veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alijon Jumayev.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan tuxum Afg‘oniston, Tojikiston va Eronga eksport qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga faqat kombikorm, qurt va biogumus o‘g‘it eksport qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!