Qirg‘izistonda terrorchi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda terrorchi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari taqiqlangan "Hizb ut-tahrir" diniy-ekstremistik tashkiloti a’zosini hibsga oldi, u MDH davlatlaridan birida o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qidirilayotgan edi deya xabar beradi RIA Novosti respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining matbuot xizmatiga tayanib.

"Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi taqiqlangan diniy-ekstremistik "Hizb ut-tahrir al-Islomiy" diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyatini yo‘q qilish choralarini ko‘rish jarayonida, Qirg‘izistonda taqiqlangan ushbu ekstremistik tashkilot a’zosi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ni qo‘lga oldi", — dedi matbuot xizmati vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov davomida hibsga olingan shaxs Bishkekda buzg‘unchi mafkurani faol ravishda jalb qilgani va tarqatganligi aniqlandi.

"Hibsga olingan shaxs shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun MDH mamlakatlaridan birida qidiruvda bo‘lgan", – deyiladi ma’lumotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!