Noqonuniy baliq ovi 60 million so‘mga tushdi

Noqonuniy baliq ovi 60 million so‘mga tushdi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Boyovut tumani va Shirin shahar bo‘lim inspektorlari hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqarolar S.A. va B. D. Boyovut tumani, Navbahor SIU (suv iste’molchilari uyushmasi) hududidan oqib o‘tuvchi janubiy Mirzacho‘l kanalida noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, ya’ni elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganida qo‘lga olindi.

Huquqbuzarlar jami 5 turdagi 53 dona, shundan 17 dona sazan, 30 dona karas, 4 dona jerx, 1 dona oq amur va 1 dona ilonbosh baliqlari ovlaganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 60 million 520 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda chora ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!