Qirg‘iziston fuqarolari Moskvadan o‘z vatanlariga badarg‘a qilindi

Qirg‘iziston fuqarolari Moskvadan o‘z vatanlariga badarg‘a qilindi

Sheremetevo aeroportida Rossiya hududiga kirish taqiqlangan 40 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor, deb xabar berdi Qirg‘iziston TIV.

Avvalroq Akipress agentligi Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib Rossiyaga kirishni taqiqlash qarori migrasiya qonunchiligi buzilgani uchun qabul qilinganini yozgan edi. Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 26 mart kuni Qirg‘iziston elchixonasi xodimlari yana Sheremetevo aeroportiga tashrif buyurib, u yerda Rossiya FSB chegara xizmati xodimlari va «Aeroflot» aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

«Rossiya hududiga kiritilmagan Qirg‘iziston fuqarolari oziq-ovqat va suv bilan ta’minlanayotgani joyida aniqlangan. <...> Bu fuqarolar eng yaqin aviakompaniya reyslarida Qirg‘izistonga yetkaziladi», deyiladi departament saytida e’lon qilingan xabarda.

Moskva yaqinidagi Krokus-siti xolldagi teraktdan so‘ng Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilgani haqida avvalroq yozgan edik. Teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, bir nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olindi. U Avito xizmati orqali terakt sodir etishda ayblanayotganlardan biriga kvartirani ijaraga bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!