QAYSI YOSHDAGI AHOLI VAKILLARI KORONAVIRUSDAN ENG KO‘P KASALLANMOQDA?

QAYSI YOSHDAGI AHOLI VAKILLARI KORONAVIRUSDAN ENG KO‘P KASALLANMOQDA?

Mamlakatimizda ro‘yxatga olingan koronavirusdan kasallanish holatlarining yoshma-yosh tahlili sentyabr va oktyabr oyining o‘n kunligida quyidagi ko‘rinishga ega:

🔺14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 16 foiz;

🔺15-19 yoshdagilar 6 foiz;

🔺20-29 yoshdagilar 14 foiz;

🔺30-39 yoshdagilar 19 foiz;

🔺40-49 yoshdagilar 13 foiz;

🔺50-59 yoshdagilar 12 foiz;

🔺60 yosh va undan kattalar 20 foiz.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, ayni paytda Zangiota 1- va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida

333 nafar og‘ir;

224 nafar o‘ta og‘ir bemor davolanmoqda.

Ushbu muassasalardagi jami bemorlarning 172 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 117 nafari esa homilador ayollardir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olishga va emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!