Qaysi hollarda qurilish loyihalari uchun salbiy ekspertiza xulosasi taqdim qilinishi mumkin?

Qaysi hollarda qurilish loyihalari uchun salbiy ekspertiza xulosasi taqdim qilinishi mumkin?

AOKAda Davlat ekologik ekspertizasi markazi axborot xizmati rahbari Shahzoda Akramova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda qayd etilganidek, joriy yil may oyi yakuni holatiga ko‘ra, o‘rta, past va mahalliy darajada xavfli bo‘lgan I-II-III-IV toifaga mansub ob’ektlarga 9 ming 782 ta ekspertiza xulosasi taqdim qilingan.

Jamoatchilik eshituvlarida ma’lum bir loyiha, qurilish, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishdan oldin ommaga loyiha ma’lumotlari batafsil, to‘liq va tushunarli shaklda taqdim etilishi lozim bo‘ladi.

Xususan, loyiha amalga oshiriladigan joyning aniq manzili, faoliyat turi va maqsadi, ish jarayonlari hamda ularning davomiyligi haqida ma’lumot, loyiha doirasida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishi va bu mahsulotlar qanday texnologiyalar asosida tayyorlanishi, o‘rnatiladigan uskunalar va ularning xususiyatlari, turlari, ishlashi uchun kerakli sharoitlar hamda ularning xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonida qanday quvvat manbalari va resurslardan foydalanilishi, ishlab chiqarish jarayonida atmosfera, suv va yer omillarining ifloslanishi, shovqin, radiasiya va boshqa ta’sirlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilinishi maqsadga muvofiqdir.

2024 yil 1 yanvardan 31 may yakuni holatiga ko‘ra, ob’ektlarga 9 ming 782 ta ekspertiza xulosalari taqdim qilingan bo‘lsa, ma’qullangan ob’ektlar soni 6 ming 282 ta, xulosasi rad etilgan yoki qayta ishlashga yuborilgan hujjatlar soni esa 699 tani tashkil qiladi.

Davlat ekologik ekspertizasi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallarining ekspertlari tomonidan loyiha bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilmagan bo‘lsa yoki aholi jamoatchilik eshituvlarida loyihani ma’qullamagan bo‘lsa, rejalashtirilayotgan faoliyat uchun tanlangan yer maydoni aholi yashash xonadonlari sanitar himoya mintaqasida joylashgan bo‘lsa hamda atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar manbalari, ko‘rsatkichlari va miqdori me’yoriy hujjatlar talablariga zid yoki noto‘g‘ri hisoblanganda salbiy ekspertiza xulosasi taqdim qilinadi yoki hujjatlar qayta ishlashga yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!