Qashqadaryoda 25 yoshli yigit suv omboriga cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda 25 yoshli yigit suv omboriga cho‘kib ketdi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qiziltepa mahallasida yashagan 25 yoshli yigit suv omboriga cho‘kib ketdi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 1997 yilda tug‘ilgan U.J. hududdagi Langar suv omboriga cho‘milish uchun o‘rtog‘lari bilan borgan. Kecha, 10 may kuni tushdan keyin omborga tushib cho‘kib ketgan.

Hozirda Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yigitning jasadini suv omboridan qidirmoqda va hozircha uning jasadi topilgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!