“QASHQADARYo – IIB xodimi to‘yidagi mashinalar kortejini ko‘ring. IIB xodimlari qoidabuzarlik qilsa bo‘laverar ekan-da!”

“QASHQADARYo – IIB xodimi to‘yidagi mashinalar kortejini ko‘ring. IIB xodimlari qoidabuzarlik qilsa bo‘laverar ekan-da!”

Joriy yilning 17 mart kuni internet ijtimoiy tarmog‘ining “Sizdan telegram” sahifasiga “QASHQADARYo – IIB xodimi to‘yidagi mashinalar kortejini ko‘ring. IIB xodimlari qoidabuzarlik qilsa bo‘laverar ekan-da!” sarlavhali video lavha joylashtirildi. Video lavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan boshqarmada faoliyat olib borayotgan ayol xodimalar va boshqa xotin-qizlar uchun “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 13 mart kuni Qarshi shahar, “Jayhun” ko‘chasida joylashgan “Shohona” to‘yxonasida bayram dasturxoni tashkil etilgan. Video lavhada tasvirlangan xizmat avtomashinalari jamoat tartibini saqlash maqsadida tungi naryadlarga jalb etilgan bo‘lib, yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan holatda, bitta joyda to‘xtagan holatda xizmat olib borayotganligini video lavhada ko‘rishimiz mumkin. Shu kuni Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari orasida to‘y marosimi bo‘lmaganligi va xizmat avtomashinalari to‘y kortejini tashkil qilmaganligi yoki kuzatuv amalga oshirmaganliklarini ma’lum qilamiz. Hurmatli norasmiy sahifalar egalari, asossiz ma’lumotlarni tarqatib, IIO xodimlariga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmasligingizni so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!