Putin Ukrainaga javob tayyorladi

Putin Ukrainaga javob tayyorladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina armiyasining Kursk viloyatiga bostirib kirishiga Rossiya qanday javob berishini allaqachon qaror qilgan, dedi Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov jurnalistlar bilan suhbatda.

«Sizlarga chin dildan aytamanki, prezident qaror qabul qildi. Ishonchim komilki, Kursk viloyatida sodir bo‘lgan voqea uchun hamma qattiq jazoga tortiladi», — dedi Antonov.

Rossiyalik diplomat qanday qaror ekanligi va qanday jazo qo‘llanilishiga aniqlik kiritmadi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti avvalroq Ukraina Rossiya bilan chegaradosh hududlardagi harakatlari uchun «loyiq javob» olishini aytgan edi. U Mudofaa vazirligi oldiga «dushmanni Rossiya hududidan siqib chiqarish» vazifasini qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!