«PSJ» «Bavariya» yulduzi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

«PSJ» «Bavariya» yulduzi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

«PSJ» Joshua Kimmix borasida muzokaralarni davom ettirdi.

"Footmercato" jurnalisti Santi Auna xabariga ko‘ra, parijliklar yaqinda «Bavariya» bilan ehtimoliy transfer shartlari va yarim himoyachining maoshini muhokama qilishgan. Endi fransuz klubi rahbariyati shartnoma tuzishga tayyormi yoki yo‘qligini hal qilishi kerak.

«PSJ» rahbari Nosir Al-Xelayfiy va jamoa ustozi Luis Enrike futbolchini shu yozda yoki 2025 yilda erkin agent sifatida sotib olmoqchi, deya xabar beradi "Sky" jurnalisti Florian Plettenberg.

«Bavariya» uning katta maoshini hisobga olgan holda, agar munosib taklif tushsa, Kimmixni sotishga tayyor. Myunxen klubi va futbolchi o‘rtasida uning kelajagi borasidagi muzokaralar yaqin kunlarga rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!