Prezident: «Mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun har bir hududda ishlab chiqarishni kamida 3-4 baravarga oshirish zarur»

Prezident: «Mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun har bir hududda ishlab chiqarishni kamida 3-4 baravarga oshirish zarur»

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari yig‘ilishda hududlar rahbarlarini mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanmayotgani uchun tanqid qildi:

🔘 «Ichki talabni o‘rganish, importni tahlil qilish har bir rahbarning vazifasi. Bu avvalambor qurilish materiallari, mebel, uy-joy va maishiy xo‘jalik mollari, to‘qimachilik, ipakchilik, farmasevtika, elektrotexnika, charm-poyabzal, zargarlik, chinni buyumlari, oziq-ovqat va meva-sabzavotni qayta ishlash kabi sanoat tarmoqlariga tegishli.

📌 Misol uchun, so‘nggi 3 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga oshdi. Lekin, bu hali ichki ehtiyojni to‘liq qoplayotgani yo‘q.

Sementga bo‘lgan ehtiyoj — 86 foiz, qurilish oynasi — 69 foiz, keramik buyumlar — 40 foiz, gulqog‘oz — 30 foiz, lak-bo‘yoq — 65 foizga ta’minlanmoqda.

Umuman, o‘tgan yili qariyb 1 milliard dollarlik (metall va yog‘ochdan tashqari) qurilish materiallari import qilingan.

Lekin, bugungi kungacha birorta tuman, shahar yoki viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyati va undan foydalanishni chuqur va puxta o‘ylab ko‘rgani yo‘q.

📈 Hududga nima chetdan olib kelinyapti, nimani o‘zida ishlab chiqarish mumkin, buning uchun nima qilish kerak, degan savollar hokimlarni har kuni qiynashi kerak. Mahalliy sanoatni haqiqatda rivojlantirish uchun, har bir hududda ishlab chiqarishni kamida 3-4 baravarga oshirish zarur.

Shu bois, mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha mutlaqo yangi «vertikal» tizim joriy etiladi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!