Poytaxt havosi sifatini ifloslantirishda asosiy manbalar qaysilar?

Poytaxt havosi sifatini ifloslantirishda asosiy manbalar qaysilar?

Jahon banki, Ekologiya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlikda poytaxt havosida mayda RM-2.5 dispers zarrachalarini tashkil etuvchi ifloslanish manbalari hisobotini taqdim etdi.

"Unda poytaxt havosi ifloslanishida bizga "ekologiya" deb tushuntirib kelinayotgan chiqindi manbasi ulushi atigi 1% ni tashkil etgan. Toshkentda yil davomida asosiy ifloslantiruvchi manba — bu, shamol tufayli ko‘tariladigan tabiiy chang (36%) omili xamda issiqlik manba tashlamalaridir (29%)", deyiladi Uzb_Meteo kanali xabarida.

2023 yil poytaxt havosida RM-2.5 mayda dispers zarrachalari bilan bog‘liq zararli ifloslanishlar oktyabr oyidan, "kuchliroq" ifloslanishlar dekabrdan boshlab, yanvar oyida yil davomida eng yuqori ifloslanishga yetgan. Birgina yanvarda 19 kun davomida poytaxt havosi eng yuqori zararli ifloslanish "iskanjasida" bo‘lgan.

Mazkur ifloslanishlar ob—havo muhiti ya’ni antisiklonal jarayoni hukmron bo‘lgan muddatlarga to‘g‘ri kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!