Poroshenko «Bi-bi-si»ni sudga berdi

Poroshenko «Bi-bi-si»ni sudga berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko «Bi-bi-si»ni sudga berdi. Bunga u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv uchun pul to‘lagani haqida xabar tarqatilgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Telegraph.

Ukraina rahbarining huquqshunoslari ma’lum qilishlaricha, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va Poroshenkoning «shaxsiyati hamda qadr-qimmati daxlsizligi»ga qarshi qaratilgandi. Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, xabar juda salbiy ta’sirga ega bo‘lgan, sababi Poroshenko Ukrainada korrupsiyaga qarshi choralarni joriy etishda faol ishtirok etyapti.

Ta’kidlanishicha, «Bi-bi-si» Ukraina prezidentining xabar bo‘yicha shikoyatini qanoatlantirishdan bosh tortgan va u o‘chirib yuborilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilgandi.

Manba: kun.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!