Polsha ichki ishlar vazirligi rahbari: "Biz ko‘targan xarajatlar millionlab emas, milliardlab yevroda hisoblangan"

Polsha ichki ishlar vazirligi rahbari: "Biz ko‘targan xarajatlar millionlab emas, milliardlab yevroda hisoblangan"

Evropa Ittifoqi haligacha Polshaga ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni o‘tkazgani yo‘q, dedi Polsha Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Pavel Shefernaker.

"Biz ko‘targan xarajatlar millionlab emas, milliardlab yevroda hisoblangan. Shu bois Yevropa Ittifoqining qochqinlarga yordam berayotgan davlatlarga yordami ham milliardlab yevroda bo‘lishi kerak", — dedi u.

Varshava ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun YEIdan 144,6 million yevro olishi kerak edi, biroq mablag‘ hali olinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!