Pike Ronalduga yoqmaydigan gap aytdi

Pike Ronalduga yoqmaydigan gap aytdi

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerer Pike Portugaliya bilan uchrashuvdan so‘ng (3:3) o‘yin boshidagi penaltiga shubha bilan qaradi.

"Bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ularda esa uchta zarba va uchta gol. Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Jahon chempionatining birinchi o‘yinida darvozang tomonga penalti belgilansa va raqib odinga chiqib olsa, bugungi yakuniy natijani yomon deb bo‘lmaydi. Ronalduda "sho‘ng‘ish" odati bor.

De Xeaning xatosi? Bu narsa hammada bo‘ladi. Ishonamanki u muhim pallalarda o‘zining aslida kim ekanini isbotlaydi", - deydi Pike.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!