Parranda grippi xavfi oshgan

Parranda grippi xavfi oshgan

So‘nggi oylarda odamlar orasida parranda grippi bilan kasallanish holati ko‘payib, virus turli hayvonlarga tarqalishi kuzatilyapti. Shu sababli Jahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Osiyo-Tinch okeani mintaqasida infeksiya tarqalishiga qarshi tezkor choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

Ko‘p yil davomida nisbatan past ko‘rsatkich qayd etgan mazkur xastalik 2023 yil oxiridan buyon ko‘paydi. Masalan, Kambojada 13 yangi holat kuzatildi. Qolaversa, Xitoy va Vyetnamda ham parranda grippiga uchraganlar bisyor. Xavfli jihati shundaki, ushbu kasallik parranda grippining yangi variantlarini keltirib chiqaradi va vaziyatni yanada murakkablashadi. Infeksiya tarqalishi tezlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!