Parij olimpiadasining oltin medali sohibasi Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Parij olimpiadasining oltin medali sohibasi Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Ëzgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida O‘zbekistonda oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi sportchi Diyora Keldiyorova o‘zining Instagram sahifasida raqibini haqorat qilayotgan muxlislariga murojaat qildi.

«Bugun Instagram’imda raqibim Abe Utaning profilida unga nisbatan juda ham ko‘p tahqirlovchi izohlarni o‘zbeklar yozayotgani haqida ma’lumot oldim. Barcha muxlislardan kim bo‘lishidan qat’iy nazar hammaga chuqur hurmatda bo‘lishingizni so‘rab qolaman. Bu albatta, sport. Bu bizni birlashtiruvchi kuch. Biz dzyudo oilasimiz. Iltimos, to‘xtating.

Menimcha, dzyudoni insonlarga o‘rgatadigan eng muhim jihati bu hurmat», — deydi Diyora.

Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Parij olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. U terma jamoaga ilk medalni taqdim etish bilan birga yozgi olimpiada o‘yinlari tarixida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!