Parij-2024. Bugun O‘zbekiston OTJ Olimpiada o‘yinlaridagi ilk ochkosini qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqadi

Parij-2024. Bugun O‘zbekiston OTJ Olimpiada o‘yinlaridagi ilk ochkosini qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqadi

Bugun, 30 iyul kuni futbol bo‘yicha 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarining guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda "S" guruhi ishtirokchilari Dominikan Respublikasi va O‘zbekiston Olimpiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniya (1:2) va Misr (0:1) terma jamoalariga imkoniyatni boy bergandi.

Dominikan Respublikasi esa o‘z navbatida 1-turda Misr bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa 2-turda Ispaniya terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Parij Olimpiadasidagi futbol turniri 9 avgustga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!