Orban: "G‘arbda umumiy axloqiy asos yo‘q"

Orban: "G‘arbda umumiy axloqiy asos yo‘q"

Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi G‘arbning endi umumiy ma’naviy asosga ega emasligini ko‘rsatdi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban M1 telekanali orqali efirga uzatilgan Ruminiyaning Beile-Tushnad shahrida so‘zlagan nutqida.

Marosim juma kuni Parijda bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligi transvestitlar va LGBT hamjamiyati vakillari ishtirokidagi Olimpiadaning ochilish marosimida "So‘nggi kechki ovqat" parodiyasini ko‘rib, norozilik bildirishdi.

"G‘arb milliy davlatlar endi mavjud emas deb o‘ylaydi. Natijada ular umumiy madaniyat va unga asoslangan umumiy axloq mavjudligini inkor etadilar. Umumiy axloq yo‘q - kechagi Olimpiada o‘yinlarining ochilishini tomosha qilgan bo‘lsangiz edi buni ko‘ring" - dedi Orban.

Uning fikricha, Markaziy Yevropa davlatlari, aksincha, o‘ziga xos madaniyatga asoslangan, umumiy qadriyatlar majmuasiga ega bo‘lgan, ulardan Injil asosida qurilgan umumiy axloqiy talablar kelib chiqadigan milliy davlatlarning saqlanishini himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!