Oliy Majlis deputati 15 kun karantinda saqlandi

Oliy Majlis deputati 15 kun karantinda saqlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tilavoldiyev 15 kun karantinda bo‘lib chiqdi.

“Poytaxtdan viloyatga kelishimiz chog‘ida samolyotda biz bilan uchib kelgan yo‘lovchilardan birida koronavirus borligi gumon qilinib, karantinga olindi.

Tabiiyki, o‘sha yo‘lovchi bilan birga, bizni — boshqa yo‘lovchilarni ham karantinga olishdi. Mana, o‘n besh kun karantinda bo‘ldik biz ham. Shukrki, hech qanday virus aniqlanmadi, xavf-xatar o‘tkinchi bo‘lib chiqdi”, deb yozadi deputat.

Uning qayd etishicha, fuqarolarimiz karantin so‘zi mohiyatini to‘liq tushunib yetmayapti. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga “viruslar” deb nom qo‘yib, mahalla-ko‘yda ularning obro‘siga putur yetkazib, nojo‘ya gaplar tarqatish holatlari ham uchrab turmoqda.

Deputat ba’zi bir karantinda saqlanayotgan noshukur fuqarolar ularga davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar a’lo darajada yaratib berilganiga qaramasdan, nohaq karantinga olinganliklarini vaj qilib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, tibbiyot xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lishayotganini qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!