Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga o‘zgarish kiritildi

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga o‘zgarish kiritildi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiadalarning ochilish marosimidagi mamlakatlar paradiga o‘zgartirish kiritdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bungacha ochilish marosimida dastlab Olimpiya o‘yinlarining asoschilari gresiyaliklar stadionga chiqib kelishar, parad yakunida esa musobaqa mezbonlari ko‘rinish berar edi.

XOQning 3 dekabrda tasdiqlagan qaroriga ko‘ra, dastlab Gresiya, so‘ng Rio-2016dan boshlab ishtirok etayotgan qochoqlar terma jamoasi paradni boshlab beradi. Shuningdek, yakunda mezbon jamoadan avval kelgusi Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari chiqib kelishi tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, Tokio Olimpiadasining ochilish marosimida mamlakatlar paradini AQSh (2028 yilgi Olimpiada mezboni), Fransiya (2024 yilgi Olimpiada mezboni) va Yaponiya delegasiyalari yakunlab beradi. Qolgan mamlakat vakillari esa Olimpiada uchun tanlab olingan asosiy til alifbosiga qarab chiqib kelishadi. Mazkur qoida ham yozgi, ham qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga taalluqli hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!