Olimpiada medallarining narxi qancha?

Olimpiada medallarining narxi qancha?

Saxo Group kompaniyasi Parij Olimpiadasi medalining taxminiy bahosini hisoblab chiqdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Parijda taqdim etilayotgan oltin medalning narxi 935 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Medallarning narxi Tokio Olimpiadasi medalidan ancha qimmatroqqa baholangan.

Eng yuqori o‘sish oltin medalida bo‘lib, ushbu medal qiymati 763 dollardan 935 dollarga oshgan.

Kumush medal narxi ham 415 dollardan 473 dollarga oshgan. Bronza medalining qiymati esa 4,1 dollardan 3,9 dollarga arzonlagan.

Rio Olimpiadasi medallari narxi Tokiodagidan ham arzonroq bo‘lgan.

O‘sha paytda oltin medal bahosi 600 dollarni, kumush medali 325 dollarni, bronza medali esa 3 dollarni tashkil qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, oltin va kumush medallar narxining yuqorilashi metallarga bo‘lgan talabning oshishi bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!