Olimlar koronavirusni yo‘q qilish usulini topishgani rost (mi)?

Olimlar koronavirusni yo‘q qilish usulini topishgani rost (mi)?

Millimetrli to‘lqinlar koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishi mumkin. Isroillik olimlar tadqiqotlari natijalari “Environmental Chemistry Letters” jurnalida chop qilingan, deya yozadi “Jerusalem Post”.
Olimlar radioto‘lqinlarning 1 – 10 mm diapazonda COVID-19ga ta’sirini o‘rganishgan. Ular tajriba yo‘li bilan radiasiya virusni ikki soniya ichida yo‘q qilishini aniqlashgan.
Bunday usul tibbiyotda, jumladan, onkologik kasalliklarni davolash uchun keng qo‘llaniladi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, millimetrli to‘lqinlar virusni harorat ko‘tarilganda o‘ldiradi. Ularni asbob-uskunalarda va boshqa texnikada qo‘llash mumkin.
Ammo mutaxassislar bu usuldan inson organizmidagi koronavirusga qarshi foydalanish mumkinligiga shubha bilan qarashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!