«Oldingi vazir aravani tortmadi» – prezident oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi

«Oldingi vazir aravani tortmadi» – prezident oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada oshirish borasida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim tizimi masalalari, xususan, rektorlar salohiyatiga ham to‘xtaldi.

«Afsuski, ko‘pchilik rektorlarning oyog‘i yerdan uzilgan. Yotoqxonaga borish yo‘q, talabalar turgan kvartiralarga borish umuman yo‘q. Birorta rektor ma’naviyat bo‘yicha namuna bo‘la olmaydi, dars ham o‘tmaydi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining yangi rahbari - vazir Abduqodir Toshqulovga ko‘plab vazifalar yuklatilganini aytib o‘tgan.

«Men Abduqodir Toshqulovni vazir qilib olib keldim. Chunki sinovdan o‘tgan, qishloq muhitini juda yaxshi biladi, ilm va ma’naviyatning qadriga yetadi.

Oldingi vazir aravani tortmadi. Toshqulov endi tinimsiz ishlaydi, uning talabiga javob bera olmaganlar ishdan ketadi», degan Shavkat Mirziyoyev.

  • Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni 2017 yildan buyon oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimida ishlab kelgan Inomjon Majidov iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga 2017 yildan buyon Termiz davlat universiteti rektori sifatida ishlab kelgan Abduqodir Toshqulov yangi vazir etib tayinlangandi. Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor bo‘ldi, O‘zMUning avvalgi rektori Avazjon Marahimov esa Toshqulov o‘rniga Termizga ishga yuborilgan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!