Ogoh bo‘ling! Bu narsa sizni saratonga duchor qiladi!

Ogoh bo‘ling! Bu narsa sizni saratonga duchor qiladi!

Apple korporasiyasi 2016 yili ilk simsiz quloqchin AirPods bilan yana bir bor dunyoni o‘zgartirgan edi. Keyinchalik boshqa ko‘plab kompaniyalar dizayni va ishlash prinsipi unga o‘xshash bo‘lgan o‘z gadjetlarini ishlab chiqishgan. Bu haqda terabayt.uz xabar tarqatdi.

Endi esa bir guruh olimlarning ta’kidlashlaricha, Bluetooth-garnituralardan foydalanish saraton o‘smalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin ekan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga yo‘llangan ushbu petisiyani 250 nafar ekspert imzolagan. Ular simsiz quloqchinlar va boshqa shunday qurilmalardan foydalanishning xavfidan tashvish bildirishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, AirPods elektromagnit chastotali radioto‘lqinlarga qo‘yilgan qonuniy talablarga mos keladi. Ammo petisiyaga qo‘l qo‘ygan 250 nafar olimning fikricha, bu talablarning o‘zini hozirgi Bluetooth-garnituralarga qo‘llash noo‘rin.

Biroq Sidney universiteti olimlarining 30 yillik ilmiy tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, 1982 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrda avstraliyaliklar orasida miya saratoni bilan kasallanish darajasi umuman o‘zgarmagan. Ta’kidlash kerakki, Avstraliya bunday tajribalar o‘tkazilgan yagona mamlakat emas: Shvesiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yangi Zelandiyada ham olimlar maxsus ilmiy tekshirishlar o‘tkazib, simsiz quloqchilarning saraton bilan bevosita aloqasini topishmagan.

Shunisi ham borki, BMT va JSSTga yo‘llangan petisiya borasida na Apple, na Samsung biror izoh bera olishmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!